Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YANGI LOYIHALAR – YANGI ISH O‘RINLARI
2022-08-15 14:49:43 173
Mustaqillik bayramiga munosib tuhfa
Qo‘shtepa tumanida yashovchi Abdulatif Axmadaliyev dastlab faoliyatini oddiy kosibchilikdan boshlagan. Bu sohada tajriba orttirgan Abdulatif Axmadaliyev o‘z faoliyatini kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.
Davlatimiz mustaqilligining 31 yilligini munosib kutib olish maqsadida tadbirkor tomonidan Dexqonobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilgan “Shodiyona Nurli Fayz” xususiy korxonasi tomonidan umumiy qiymati 2,0 mlrd.so‘m bo‘lgan poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi.
Shu kunlarda korxonada ish qizg‘in. 10 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan bo‘lsa, 40 nafar ishchi kasanachilik asosida faoliyat yuritmoqda.
– Ishxonada asosan mavsumga qarab poyabzal mahsulotlari ishlab chiqariladi – deydi, korxona ishchisi Saidaxon Olimova. – Oldin uyda maxsi tikar edim. Ishim mavsumiy bo‘lganligi uchun ko‘pincha bo‘sh qolib, kam daromad topardim. Mahallamizda “Shodiyona nurli fayz” xususiy korxonasi ochilgach shu yerga ishga keldim. Oylik maoshimiz ikki million so‘mdan besh million so‘mgacha. Ishimizga qarab olaveramiz. Korxonadagi sharoitlar yaxshi, zamonaviy dastgohlarda ishlaymiz. Xatto uyimizga ham tikuv mashinasi berishgan. Bu ham bo‘lsa bitta imkoniyatda, yana bir daromad manbaidir. Ishdan keyin ham uyda bo‘sh o‘tirmay vaqtimiz bo‘lganida poyabzal tikamiz.
Yaqindagina o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan korxonada ayni kunlarda turli xildagi ayollar va bolalar oyoq kiyimlari ishlab chiqarilmoqda. Bejirim va sifatli poyabzallar xorijnikidan qolishmaydi. Korxona MDH davlatlari bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, yaqin kunlarda eksportni yo‘lga qo‘yishni ham rejalashtirgan.