Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA 2022-2023 YILLARDA 54 TA INVESTITSIYA LOYIHALARI AMALGA OSHIRILADI

×

 2022-08-15 11:37:41    134

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanida 2022-2023 yillarda 54 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, loyihalarning umumiy qiymati 293,7 milliard so‘mni tashkil etadi. Loyihalarning amalga oshirilishi natijasida 1204 ta yangi ish o‘rni yaratilishi belgilangan.

Jumladan, 2022 yilda 38 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi rejalashtirilgan va loyihalarning amalga oshirilishi natijasida 765 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Ushbu loyihalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

Sanoat yo‘nalishida – jami 16 ta loyiha hisobiga 382 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.  

Qishloq ho‘jaligi yo‘nalishida – jami 9 ta loyiha hisobiga  106 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.     

Xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida – jami 13 ta loyiha hisobiga 277 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

Hozirgi kunda jami 21,6 milliard so‘mlik 15 ta investitsiya loyihalari ishga tushirilib, 201 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. 

 Xususan, sanoat yo‘nalishida jami 7 ta loyiha amalga oshirilib, 106 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.   

Masalan,“Gold progress” MChJ tomonidan umumiy qiymati – 1 milliard 320 mln so‘mlik un mahsulotlarini ishlab chiqarish va qadoqlash loyihasi amalga oshirilib, 17 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.       

Qishloq ho‘jaligi yo‘nalishida esa umumiy qiymati 5,3 milliard so‘m 2 ta loyiha amalga oshirilib, 16 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.        

Masalan, qishloq ho‘jaligi yo‘nalishida “Yoqub ota” fermer xo‘jaligi tomonidan umumiy qiymati 4,6 milliard so‘mlik loyiha amalga oshirilib, 8 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. 

Xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida ham hozirgi kunda 6,6 milliard so‘mlik 6 ta loyiha amalga oshirildi va 79 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram