Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“G’ISHTMON OILAVIY SHIFOKOR PUNKTI” TA’MIRLANIB, FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2022-08-13 15:34:37    107

PDF yuklash
Chop etish



Mustaqillik bayramiga munosib tuhfa

Yurtimiz mustaqilligining 31 yillik bayrami arafasida Qo‘shtepa tumanining G’ishtmon va Qizilariq mahallasida istiqomat qiluvchi aholi uchun yana bir tuhfa hozirlandi. Chunki, G’ishtmon mahallasida joylashgan “G’ishtmon oilaviy shifokor punkti” mukammal ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “G’ishtmon oilaviy shifokor punkti”ga jami 6809 nafar aholi biriktirilgan bo‘lib, 23 nafar tibbiyot xodimlari aholiga xizmat qilib kelmoqda. 2006 yilda qurilgan ushbu oilaviy shifokor punkti 1-smenada 50 nafar fuqarolarni qabul qilish quvvatiga ega.

Mazkur binoga “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha 250 million so‘m mablag‘ ajratilib, “Muhammad Mumtoza baxti” MChJ tomonidan mukammal ta’mirlash ishlari bajarildi.

Bugun, “G’ishtmon oilaviy shifokor punkti”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi I.Novikov va tuman IIB boshlig‘i Sh.Mavlonov, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman tibbiyot birlashmasining mas’ullari, shuningdek, mahalla nuroniylari hamda faollari ishtirok etishdi.

Marosimida so‘z olganlar yurtimizda tibbiyot sohasiga berilayotgan e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlardan minnatdorligini bildirdilar.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram