Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI O’ZBEKISTONDA EL AZIZ, INSON AZIZ

×

 2022-08-13 14:41:54    108

PDF yuklash
Chop etish



Mustaqillik bayramiga munosib tuhfa

Qo‘shtepa tumani hokimi I.Novikov va tuman IIB boshlig‘i Sh.Mavlonovlar Shomirza hamda G’ishtmon mahallalarida bo‘lib o‘tgan tadbirda ishtirok etishdi.

Butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi tumanimizda ham barcha sohalarda islohotlar amalga oshirilib, barqaror rivojlanish kuzatilmoqda. Xususan, tumanimizda ko‘plab bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.



Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yillik bayrami munosabati bilan joylarda tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Shomirzada mahalla guzarida joylashgan mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, shuningdek, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisining xizmat xonalari ham bayram arafasida mukammal ta’mirdan chiqarildi.

Shuni alohida takidlash lozimki, so‘nggi vaqtlarda ichki ishlar organlaridagi islohotlar doirasida tumanimizda ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan, profilaktika inspektorlarining xizmat olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. 





Shomirza mahallasida hudud inspektori uchun xizmat xonasi mavjud emas edi. Ushbu muammo o‘z yechimini topib, profilaktika inspektori uchun ham alohida xizmat xonasi tashkil etilib, mukammal ta’mirlandi. Bayram arafasida ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilib, tayyor holatga keltirildi.







Bugun mahallaning nuroniylari va faollari ishtirok etgan tadbirda tuman rahbari I.Novikov va tuman IIB boshlig‘i Sh.Mavlonovlar mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lishib, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. 

G’ishtmon mahallasida ham mahalla binosi mukammal ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. Avval ta’mirtalab bo‘lgan binolar ta’mirlanib, endilikda fayzli bir manzilga aylandi. Mukammal ta’mirlangan binoda mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, shuningdek, hudud nozirining hamkorlikda faoliyat yuritishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.






Binoning ochilish marosimida ishtirok etgan tuman hokimi I.Novikov va IIB boshlig‘i Sh.Mavlonovlar mahalla ahlini yangi ochilgan bino bilan tabriklashdi. Mahalla nuroniylari va faollari esa duoga qo‘l ochishib, bu binoni bayramga munosib tuhfa o‘laroq qabul qildilar.

Joylarda esa O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yillik bayrami munosabati bilan  bunday tadbirlar davom etmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram