Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI O’ZBEKISTONDA EL AZIZ, INSON AZIZ

×

 2022-08-12 15:10:29    129

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepada maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari “Ma’naviyat kubogi” uchun bellashdilar

Shu kunlarda respublikamizning barcha hududlarida O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligini munosib kutib olish va tantanali ravishda nishonlash uchun har tomonlama qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Xususan, Qo‘shtepa tumanida ham mazkur qutlug‘ sanaga bag‘ishlab bayramona tadbirlar o‘tkazilmoqda. Joylarda bo‘lib o‘tayotgan tadbirlar “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!”, degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etmoqda.




Bugun, tumanimizdagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabida O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda tuman maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari sportning milliy xalq o‘yinlari turi bo‘yicha “Ma’naviyat kubogi” uchun bellashdilar.

Tadbirda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A.Yusupov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari M.Sulaymonov, tuman hokimining maslahatchisi M.Mo‘ydinova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari D.G’aniyev hamda ma’rifat targ‘ibotchilar guruhi rahbari D.Yusupovalar ishtirok etishdi.







Musobaqada tumanimizdagi maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirok etishib, milliy o‘yinlarimizdan lanka, bo‘ron, kartoshka ekish, arqonda sakrash bo‘yicha kuch sinashdilar.






Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbirda tuman madaniyat bo‘limining xonandalari, MTBning tarbiyachi va tarbiyalanuvchilari ishtirokida kontsert dasturi ham namoyish etildi.        

Milliy o‘yinlarda g‘olib bo‘lgan jamoalar esa “Ma’naviyat kubogi” uchun sportning arqon tortish turi bo‘yicha bellashdilar.







Musobaqalarda faxrli 1-2 o‘rinlarni egallagan jamoalar tuman hokimligi tomonidan ta’sis etilgan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. “Ma’naviyat kubogi”ni esa 32-maktabgacha ta’lim muassasi jamoasi qo‘lga kiritdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram