Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ALIMENTDAN QARZDORLIGI SABAB OTA 15 SUTKAGA QAMALDI
2022-08-11 13:07:30 171
FIB Marg‘ilon tumanlararo sudining 2016 yil 24 iyundagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Q.A.dan undiruvchi G’.M. foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun ¼ qism miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha qarzdor Q.A. 48 oy davomida 23.942.967 so‘m aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.
Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tumani bo‘limi tomonidan unga nisbatan taqdim qilingan hujjatlar JIB Qo‘shtepa tumani sudi tomonidan 2022 yil 10 avgust kuni ko‘rib chiqildi va qarzdorga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.