Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVURBOSHI MAHALLASIDA MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA YANGI SAVDO MAJMUASI OCHILDI

×

 2022-08-11 10:16:37    81

PDF yuklash
Chop etish



Davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlarga juda katta imkoniyatlar va sharoitlar yaratilmoqda. Bundan ruhlangan xususiy sektor vakillari o‘zlariga kuch va g‘ayrat-shijoat olib, faoliyatlarini kengaytirishmoqda, qo‘shimcha yangi ish o‘rinlarini yaratishyapti.

Qo‘shtepa tumanidagi Quvurboshi mahallasida yashovchi tadbirkor Baxromjon Qodirov ham tinib-tinchimas tadbirkorlardan. Uning tashabbusi bilan mahalla hududida 1000,0 mln.so‘m mablag‘ evaziga “Quvurboshi magnit” savdo majmuasi barpo etildi. Mustaqillik bayrami arafasida ushbu yangi supermarket o‘z faoliyatini boshladi.

Tadbirkorning aholi farovonligiga, uzog‘ini yaqin qilishga, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va xo‘jalik buyumlari bilan ta’minlashga xizmat qiluvchi ezgu harakatidan mahalla ahli mamnun.



– Baxromjon kabi tadbirkorlarimiz safi yanada ko‘payishiga umid qilamiz. – deydi biz bilan suhbatda mahalla nuroniylaridan biri Xoshimjon Ibragimov. – Bunday supermarketlarni shaharlarda ko‘rib xavas qilar edik. Mana, bizlarni mahallada ham qad rostladi. Bu ham bo‘lsa, yurtimizdagi tinchlik va xotirjamlikdan, mo‘l-ko‘lchilikdan dalolatdir. Do‘konda mijozlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Eng muhimi, narxlar ham hamyonbop. Ilohim, yurtimiz tinch, xalqimiz dasturxoni hamisha to‘kin-sochin, fayzu barakali bo‘lsin!





Mazkur savdo majmuasining ishga tushirilishi natijasida mahalladagi 8 nafar vaqtincha ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlandi. Kelgusida ishchi o‘rni sonini oshirish rejalashtirilgan. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram