Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“ZARBDOR 30 KUNLIK” PAXTA PARVARISHIDA DOLZARB PALLA
2022-08-05 21:38:56 189
G’o‘za parvarishida har bir kun g‘animat ekanligini mirishkor dehqonlar yaxshi bilishadi. Bu borada “Zarbdor 30 kunlik” e’lon qilinib, fermer xo‘jaliklari jonbozligi talab etilayotgani bejiz emas. Shu maqsadda fermerlar va ular jamoalaridan zimmalaridagi ishga mas’uliyat bilan yondashgan holda, paxta xirmonini yanada yuksaltirish yo‘lidagi har bir agrotexnik tadbirni sifatli o‘tkazish taqozo etilmoqda. Joriy yilda Qo‘shtepalik dehqonlar ham paxtadan mo‘l xosil yetishtirish maqsadida mehnat qilmoqdalar.
Bugun viloyat hokimi X.Bozorov va viloyat prokurori B.Ismoilovlar Qo‘shtepa tumanida bo‘lishib, g‘o‘za parvarishining borishini ko‘zdan kechirishdi. Ular bir nechta fermer xo‘jaliklarining dalalarida bo‘lishib, fermerlarga zarur tavsiya va topshiriqlar berdilar. Shuningdek, fermer xo‘jaliklarining ilg‘or ishchilari rag‘batlantirildi.