Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2022-08-02 22:37:05    84

PDF yuklash
Chop etish



Ijtimoiy tarmoqlar orqali tanqidiy video murojaat e’lon qilingan edi.

Ushbu murojaatda: – “Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Shijoatkor ko‘chasidan yozmoqdamiz. Mahallamizdagi 50 yilga ijaraga berilgan 5 gektar yer atrofini va zovurlarni fermer mustahkam devor bilan o‘rab olgan. Uyimizga kirish uchun 4 kilometr masofani aylanib kelyapmiz. Iltimos, ko‘chamizni ochib berishsin” – deya shikoyat qilingan.

Qo‘shtepa tumanidagi Shijoatkor ko‘chasidan yo‘llangan ushbu murojaat Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi Qo‘shtepa tuman bo‘limi mutaxassilari tomonidan mavjud arxiv xujjatlari asosida joyida o‘rganilganida quydagilar aniqlandi.

Murojaatdagi manzil Qo‘shtepa tumani Sarmazor Eshonguzar massivi hududidagi qishloq xo‘jaligi xaritasining 9310 va 9307-sonli konturlarida joylashgan bo‘lib, 9310-sonli konturning umumiy yer maydoni 5,43 gektardan iborat ekanligi, shundan 4,4 gektar qismini tomorqa yerlar, 0,22 gektar qismini suv osti yerlari, 0,01 gektar qismini yo‘llar, 0,8 gektar qismini ijtimoiy xovli, ko‘cha va maydonlar tashkil etishi hamda 9307-konturning umumiy yer maydoni 3,42 gektardan iborat ekanligi, shundan 1,65 gektar qismini bog‘lar, 1,34 gektar qismini tokzorlar, 0,32 gektar qismini suv ostidagi yerlar, 0,11 gektar qismni yo‘llar tashkil etishi aniqlandi.

Video lavhada ko‘rsatilgan yer maydoni Qo‘shtepa tuman hokimining 2015 yil 18 dekabrdagi 1095-sonli qarori bilan “Sarmazor Eshonguzar” MMTP hududidagi “Axmadjon xoji ota” nomli fermer xo‘jaligi rahbari R.Mo‘ydinovga bog‘dorchilik yo‘nalishida uzoq muddatli ijara shartnomasi asosida foydalanish uchun ajratib berilgan.

O’z navbatida, tuman hokimligi hamda “Axmadjon xoji ota” nomli fermer xo‘jaligi (rahbari R.Mo‘ydinov) o‘rtasida uzoq muddatli ijara shartnomasi rasmiylashtirilib, yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Muqaddam mazkur mazmunda yo‘llangan murojaatlarni o‘rganish davomida “Axmadjon xoji ota” nomli fermer xo‘jaligi rahbari R.Mo‘ydinov tomonidan bog‘ maydonining atrofi o‘zboshimchalik bilan mukammal devor to‘siq bilan o‘ralib, aholi hamda fermer xo‘jaligi o‘rtasidagi mavjud maxalliy yo‘lni temir to‘siqlar bilan to‘sib olinganligi, shuningdek, vakolatli organlarning ruxsatisiz o‘zboshimchalik bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonining 88 kv.m qismiga bino-inshootlar qurib olinganligi aniqlangan.

Bu bilan “Axmadjon xoji ota” nomli fermer xo‘jaligi rahbari R.Mo‘ydinov tomonidan O’zbekiston Respublikasi YEr kodeksining 32 va 91-moddalari talablari buzilgan.

Shu sababli, Kadastr agentligi Qo‘shtepa tumani bo‘limi tomonidan “Axmadjon xoji ota” nomli fermer xo‘jaligi rahbari R.Mo‘ydinovga nisbatan 2021 yil 22-dekabrda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, MJtKning 68-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun shu kunning o‘zida ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) baravari miqdorida jarima qo‘llanildi.

Bundan tashqari, “Axmadjon xoji ota” nomli fermer xo‘jaligi rahbari R.Mo‘ydinov tomonidan o‘zboshimchalik bilan fermer xo‘jaligi yer maydonining atrofi mukammal devor to‘siq bilan o‘ralib buning natijasida aholi hamda fermer xo‘jaligi o‘rtasidagi mavjud mahalliy yo‘lni temir to‘siqlar bilan to‘sib olinganligi, shuningdek, vakolatli organlarning ruxsatisiz o‘zboshimchalik bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonining 88 kv.m qismiga qurilgan bino-inshootlarni majburiy tartibda buzdirish haqida Kadastr agentligi Qo‘shtepa tumani bo‘limi tomonidan 2021 yil 22-dekabrda Marg‘ilon tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritilgan bo‘lib, sudning 2022 yil 24-mart kungi ajrimiga asosan da’vo qaytarilgan hamda Marg‘ilon tumanlararo iqtisodiy sudiga takroran 2022 yil 15-aprel kuni ushbu mazmundagi da’vo ariza kiritilgan bo‘lib, Iqtisodiy sudning 2022 yil 19-aperl kungi ajrimiga asosan rad qilingan.

Shuningdek, Kadastr agentligi tuman bo‘limning 2022 yil 2-avgustdagi 07/01-363-sonli “Axmadjon xoji ota” nomli fermer xo‘jaligi tomonidan qurilgan o‘zboshimcha qurilmalarni buzdirish yuzasidan Marg‘ilon tumarlararo iqtisodiy sudiga qaytadan da’vo ariza kiritilganligini ma’lum qilamiz.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram