Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQLAR DO‘STLIGI KUNI MUNOSABATI BILAN TANTANALI TADBIR O‘TKAZILDI
2022-08-02 21:47:08 263
Mamlakatimizda 30 iyul – Xalqlar do‘stligi kuni sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan bugun Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida bayram kontsert dasturi tashkil etildi.
Millatlararo do‘stlik namunalari aks etgan tadbirda tumanimizda istiqomad qilib kelayotgan turli millat vakillari jam bo‘ldilar.
Tadbir ishtirokchilari uchun tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari va hunarmandlar tomonidan yarmarka tashkil etildi.
Shuningdek, tadbirda sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari hamda tegishli idoralarning mas’ullari ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘z olgan tuman hokimi I.Novikov barcha ishtirokchilarini bayram bilan samimiy tabrikladi.
Kontsert dasturi davomida tuman Madaniyat uyi san’atkorlari tomonidan do‘stlik, birdamlikni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.