Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 175 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

REGISTRATORLAR UCHUN O‘QUV SEMINAR TASHKIL ETILDI

×

 2022-08-01 16:59:55    140

PDF yuklash
Chop etish



Joriy yilning 1-3 avgust kunlari respublikamizning barcha hududularida aholini ro‘yxatga olish yuzasidan registratorlar uchun seminarlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bugun reja asosidagi seminar Qo‘shtepa tumanida o‘tkazildi.




2022-yil yanvar-iyun holatiga ko‘ra, Qo‘shtepa tumanida doimiy aholi soni 198,398 ming kishini tashkil etmoqda. Tumanda jami 51 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, 44 ta registratorlar seminarda ishtirok etmoqdalar.

Shuningdek, o‘quv seminarda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A.Yunusov, tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Olimova, viloyat statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i H.Nortojiyev va tuman ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘i Sh.Toshtemirovlar ham qatnashdilar.




Seminar ishtirokchilariga o‘qish jarayonida registratorlarning asosiy vazifalari, registratorlar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan hududdagi barcha uy-joylar va aholi yashaydigan noturar joylar ro‘yxatini tuzish, aholi soniga aniqlik kiritish hamda xaritalarni o‘rganish ishlari haqida batafsil tushunchalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram