Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 171 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2022-07-29 16:44:46    149

PDF yuklash
Chop etish



Ijtimoiy tarmoqlar orqali – “Cuv to‘plash rezervuarlariga ko‘z tikkan kim?” sarlavhali tanqidiy murojaat e’lon qilingan edi.

Ushbu murojaatda: – “Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidan yozmoqdamiz. Qumtepa MFYdagi suv to‘plash rezervuarlari yo‘q qilinmoqda. Hududdagi bog‘chaga suv berilmapti. 10 sotix yerni ham noqonuniy egallab olingan. Hurmatli Prezidentimiz suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha qancha jon kuydirsalar-da, ayrim mansabdorlar davlat mulkini talon-toroj qilmoqda. Holatga e’tibor qaratishlarini so‘raymiz”  – deya shikoyat qilingan. 

Ushbu murojaatda tilga olingan suv minorasi sobiq “Namuna” shirkat xo‘jaligiga qarashli bo‘lib, 2007 yilda fuqaro tomonidan shirkat xo‘jaliklarining tugatish komissiyasidan sotib olganligi va hozirda suv minorasi foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolganligi sababli, Qumtepa MFY hududida yashovchi aholi xonadonlarida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida “Farg‘ona suvta’minoti” MChJ Qo‘shtepa tumani bo‘limi tomonidan 25 m3 suv minorasi o‘rnatilgan.

Mazkur hududdagi ichimlik suvi quvurlarining materiali metalldan bo‘lib, sobiq shirkat xo‘jaliklari davrida tortilgan. Ushbu metall suv quvurlari uzoq (40-45) yillar foydalanilganligi sababli eskirib foydalanishga yaroqsiz xolatga kelib qolgan.

Hozirda bo‘lim tomonidan ichimlik suvi quvurlarida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari yakunlanganidan so‘ng ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanishini ma’lum qilamiz.

Shuningdek, ichimlik suvi inshooti hududida xech qanday talon-tarojlik bo‘lmaganligini ham bildiramiz.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram