Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ALIMENT TO’LOVCHINI CHETGA CHIQISHI UCHUN QO’YILGAN CHEKLOVNI QANDAY QILIB OLIB TASHLASH MUMKIN?
2022-07-27 14:49:23 197
SAVOL:
Aliment to‘lovchi chetga chiqishi uchun aliment qarzdorligini qancha qismini to‘lasa unga qo‘yilgan taqiq olib tashlanishi mumkin ?
Ushbu savolga Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tumani bo‘limi boshlig‘i, adliya maslahatchisi Sh.Sultonov javob beradi.
JAVOB:
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabr kungi 808-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, alimentlarni oldindan to‘lash bola voyaga yetguniga qadar har qanday davr uchun, biroq besh yildan kam bo‘lmagan muddatga amalga oshiriladi.
Agar aliment to‘lovchining farzandi 18 yoshga to‘lishi uchun 5 yildan kam muddat qolgan bo‘lsa o‘sha qolgan muddat uchun aliment qarzdorligini biryo‘la to‘laydi va shu yo‘l bilan o‘ziga qo‘yilgan taqiqdan qutilishi mumkin.