Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
6 OYLIK YAKUNLARI MUHOKAMA QILINIB, KELGUSIDAGI VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
2022-07-27 13:31:18 179
Qo‘shtepa tumani hokimligining majlislar zalida “2022 yilning
6 oyida qonuniylik axvoli hamda jinoyatchilikka qarshi kurash holati to‘g‘risida” shuningdek, kelgusidagi vazifalar xususida kengaytirilgan majlis bo‘lib o‘tdi.
Qo‘shtepa tumani prokurori F.Ismoilov raisligida o‘tgan tadbirda tuman hokimi I.Novikov, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Mavlonov hamda huquq tartibot idoralari xodimlari va mas’ul idoralarning rahbar-xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida 2022 yilning 6 oyida qonuniylik axvoli hamda jinoyatchilikka qarshi kurash holati to‘g‘risida, shuningdek, tumanda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish faoliyatini tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar, bu borada yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar tanqidiy ruhda muhokama qilinib, ularni bartaraf etish, qolaversa kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.