Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NAVBATDAGI SESSIYA BO’LIB O’TDI

×

 2022-07-26 22:36:39    89

PDF yuklash
Chop etish



Bugun xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 54-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli tashkilotlar, idora va korxonalar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.






Sessiya ishiga tuman hokimi Ilyosbek Novikov raislik qildi.




Sessiyada dastlab sektor rahbarlari Qo‘shtepa tumanida “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdilar.

Undan so‘ng O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil

8 yanvar kungi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4102-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 2022 yil 6 oyi davomida tuman hokimi, tuman prokurori, IIB boshlig‘i, DSI boshlig‘i tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ham sektor rahbarlarining axborotlari tinglandi.





Sessiya davomida Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tumani sudi, Marg‘ilon tumanlararo fuqarolik va iqtisodiy sudlari hamda Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudi raislari fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati borasida 2022 yil 6 oyi mobaynidagi faoliyatlari yakunlari yuzasidan axborot berib o‘tishdi.

Shuningdek, Qo‘shtepa tumani prokurori F.Ismoilovning “2022 yilning

6 oyida qonuniylik axvoli hamda jinoyatchilikka qarshi kurash holati to‘g‘risida”gi, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Mavlonovning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish” sohasida tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2022 yil 6 oyida olib borilgan ishlar to‘g‘risida”gi hisobotilari hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘shtepa tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan sektorlar va hududdagi tashkilot rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan axboroti, Qo‘shtepa tumani hokimligi moliya bo‘limi mudiri I.Akbarovning tuman mahalliy byudjetining 2022 yil II chorak ijrosi yuzasidan hisoboti ham tinglandi.




Sessiya davomida kun tartibidagi boshqa masalalar ham muhokama etilib, ushbu masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram