Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HAJ – 2022

×

 2022-07-22 11:26:52    134

PDF yuklash
Chop etish



Hammani bu saodatga musharraf qilsin!

 Bundan bir oy avval 59 nafar tumandoshlarimiz Haj amallarini bajarish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgan edilar. Ular muborak Haj ziyoratini ado etib, Vatanimizga eson-omon qaytib keldilar.



Bugun tuman hokimligida ziyoratchilarni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, huquq-tartibot hamda mas’ul idoralarning xodimlari, shuningdek, ziyoratchilarni kutib olish uchun kelgan oila a’zolari, yaqinlari ishtirok etishdi.



Mana shunday saodatli damlarda Haj amallarini ado etgan yurtdoshlarimiz bugungi dorilomon kunlar uchun shukronalar aytib, Yaratgandan yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik so‘rab, xayrli duolar qildilar.



– Shu kunlarga yetkazganiga Allohga hamdu sanolar bo‘lsin. Haj ziyoratida ibodat amallarini to‘kis ado etdik, – deydi Qo‘shtepa tumani bosh imom-xatibi Abduhoshim Ahmadaliyev. – U yerda bizga yuqori darajada xizmat ko‘rsatildi. Shinam mehmonxonalarga joylashdik, avtobuslar xizmatimizda bo‘ldi. Hammani bu saodatga musharraf qilsin. Bizlarga shunday qulayliklar yaratib bergan davlatimiz rahbaridan minnatdormiz.





Bu yil haj safaridan qaytgan tumandoshlarimizning ibodatlarini Yaratganning o‘zi qabul aylasin. Haj safarini niyat qilgan barcha mo‘min musulmonlarga Alloh-taola nasib qilsin!


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram