Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 175 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPALIK DEPUTATLAR JAMOASI VILOYATDA BIRINCHI O‘RINNI EGALLADILAR

×

 2022-07-14 16:15:47    189

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashi tomonidan 2020 yil 30 dekabrda qabul qilingan “Parlament o‘yinlari sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida sportni yanada rivojlantirish, mahalliy Kengashlar deputatlari o‘rtasida muntazam ravishda sport musobaqalarini o‘tkazish belgilangan. Shundan kelib chiqib, viloyatimizning barcha tuman-shaharlarida mahalliy Kengash deputatlaridan iborat jamoalar tashkil etilgan.

Farg‘ona shahridagi 1-BO’SMga qarashli “Samo” universal majmuasida Parlament o‘yinlarida sportning futbol turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada Xalq deputatlari Qo‘shtepa tumani Kengashi deputatlari jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egallab, viloyatda birinchi o‘rin sohibi bo‘ldilar.

Shuni ta’kidlash joizki, hududiy bosqichlar g‘oliblari yakunda Respublika Oliy Majlisi Senati raisi kubogi uchun bellashishadi. Musobaqa turli dastur va qarashlarga ega deputatlarning bir jamoa bo‘lib g‘oliblik uchun kurashishlari bilan birga, jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishlari hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha yanada qat’iy hayotiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun o‘ziga xos imkoniyat hamdir.

Sportning futbol turi bo‘yicha viloyatimizda g‘olib bo‘lib, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Qo‘shtepa tumani Kengashi deputatlari jamoasini ushbu g‘alabalari bilan qutlaymiz va kelgusi musobaqada omad tilaymiz.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram