Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANI HOKIMI ILYOSBEK NOVIKOVNING IYD QURBON HAYITI MUNOSABATI BILAN TUMAN AHLIGA BAYRAM TABRIGI
2022-07-09 05:17:28 188
Hurmatli yurtdoshlar!
Aziz birodarlar!
Barchangizni va oila a’zolaringizni islom ummati tomonidan keng nishonlanayotgan ulug‘ va muborak ayyom – Iyd Qurbon hayit bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Bugungi Iyd Qurbon hayiti bayramida Yaratgandan Sizga va oilangizga sog‘lik-omonlik, tinchlik-xotirjamlik va ikki dunyo saodatidan nasib etishini so‘rayman.
Fazilatli damlarda elu yurtimiz haqiga qilgan ezgu niyat va tilaklarimiz ijobat bo‘lsin! Xonadonlarimizdan fayzu baraka va osoyishtalik arimasin.
Yana bir bor muborak qurbon hayiti bilan barchangizni muborakbod etaman.
Iyd Qurbon hayiti barchaga muborak bo‘lsin!