Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HAJ 2022
2022-07-07 19:57:24 170
Ayni kunlarda haj safarida bo‘lib turgan tumandoshlarimiz oppoq ehromlarda Mino vodiysida toatu ibodatda bo‘lmoqdalar.
Qo‘shtepa tumani bosh imom-xatibi Abduhoshim Ahmadaliyevning xabariga ko‘ra o‘zbekistonlik hojilar uchun ajratilgan chodirlarda qulay shart-sharoitlar yaratilgan.
Tumandoshlarimiz Mino vodiysida turib, el-yurtimizga tinchlik-omonlik, fayz-u baraka so‘rab duo qilmoqdalar.
- Har qadamda tumanimiz ahliga ham duolar qilmoqdamiz, - deydi Abduhoshim Ahmadaliyev.
Ilohim xojilarimizning ibodatlarini Yaratganning o‘zi qabul aylasin. Haj safarini niyat qilgan barcha mo‘min musulmonlarga Alloh-taola nasib qilsin.