Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 299 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMAN DAVLAT SOLIQ INSPEKTSIYASI TOMONIDAN “SOLIQCHI - KO‘MAKCHI” TAMOYILI ASOSIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR

×

 2022-07-06 07:43:41    156

PDF yuklash
Chop etish

Tadbirkorlik sub’ektlarining soliq yukini kamaytirish va biznes yuritishni soddalashtirish maqsadida Prezidentimizning 2022 yil 28 iyundagi PF-162-son farmoni bilan soliq ma’muriyatchiligiga qator o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, 2022 yil 1 iyuldan foydalanilmayotgan ko‘chmas mulk ob’ektlariga ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash bekor qilindi. Shuningdek, QQS ma’muriyatchiligi soddalashtirilib, majburiy ravishda QQS to‘lovchisi sifatida e’tirof etiladigan tadbirkorlik sub’ektlariga QQS guvohnomasi soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan avtomatik ravishda berilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bundan tashqari, yuqoridagi farmon bilan 2023 yil 1 martga qadar hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida tovarlar (xizmatlar) identifikatsiya kodlari (MXIK)ni noto‘g‘ri aks ettirganlik uchun moliyaviy jarima qo‘llanilmasligi belgilab qo‘yildi.

Albatta, bu kabi o‘zgarishlar tadbirkorlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Shu o‘rinda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida Qo‘shtepa tuman DSI xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tmoqchiman.

Ayni paytda muntazam ravishda tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, muammolar o‘rganilib ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo‘lgan qator yo‘nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Xususan, 2022 yil 1-yarmida Qo‘shtepa tuman DSI tomonidan 980 ta tadbirkorlik sub’ektlarini qiynayotgan muammolari o‘rganildi. Mazkur jarayon davomida ko‘maklashish zarur bo‘ligan 610 ta tadbirkorlik sub’ektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibini tushuntirish, ortiqcha QQS to‘lovlarini qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Qo‘shtepa tuman davlat soliq inspektsiyasi xodimlari tadbirkorga maslahatchi, ko‘makchi va yaqin hamkor sifatida o‘z faoliyatlarini davom ettirmoqdalar. Tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan  73-425-16-56 (Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sho‘’basi) raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram