Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 67 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI QABUL QILINGAN KUNNING 30 YILLIGI 

×

 2022-07-01 16:52:23    156

PDF yuklash
Chop etish



Joriy yilning 1-iyul kuni Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida O’zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Olamni mahliyo aylagan diyor” shiori ostida tantanali tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda sektor rahbarlari, tuman Adliya bo‘limining mutasaddilari, barcha tashkilot va muassasalarning mas’ul xodimlari, xotin-qizlar va yoshlar vakillari ishtirok etishdi. Tadbirni tuman hokimi I.Novikov ochib berdi va undan so‘ng Davlat Madhiyasi yangradi.




Tadbir davomida davlatimiz ramzi bo‘lgan Davlat Gerbining yaratilish tarixi va o‘rni to‘g‘risida tuman Adliya bo‘limining mas’ul hodimi I.Zokirovning ma’ruzasi eshitildi.

Shuningdek, tadbirda tuman hokimi I.Novikov 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunida “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan ustoz jurnalist X.Karimovani ko‘p yillik samarali mehnatlari tufayli erishgan mukofot bilan tabriklab, esdalik sovg‘alarini topshirdi. 



Tadbir davomida tuman Madaniyat uyi san’atkorlarining Ona vatanimizni ulug‘lovchi kuy va qo‘shiqlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi iqtidorli va iste’dodli tarbiyalanuvchilarning badiy chiqishlari, ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilari tomonidan aytilgan Ona yurtimizni ulug‘lovchi she’rlari ishtirokchilarga ko‘tarinki ruh baxsh etdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram