Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JARAYON
2022-07-01 08:26:32 184
Qo‘shtepa tumani Tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 30-iyun yoshlar kuni munosabati bilan “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida Tibbiyot birlashmasida faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Qo‘shtepa tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i O.Murodov, kasaba uyushma qo‘mitasi raisi K.Yunusov, Tibbiyot birlashmasi yoshlar yetakchisi R.Madraximovlar uchrashuvda so‘z olishib, yoshlarni bayram bilan tabriklashdi.
Tadbir davomida Tibbiyot birlashmasida faollik ko‘rsatib, o‘z faoliyatini samarali olib borayotgan yoshlar yetakchilariga, kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari va “Tashakkurnoma”lar topshirildi.