Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“HOKIM VA BITIRUVCHILAR UCHRASHUVI” BO‘LIB O‘TDI
2022-06-28 06:58:35 217
Qo‘shtepa tumanidagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 4,9,25,26-maktablarning 120 nafardan ziyod bitiruvchi yoshlari bilan “Hokim va bitiruvchilar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi mas’ul idoralarning rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Uchrashuv tadbiri avvalida tuman hokimi Ilyosbek Novikov yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib o‘tdi.
Uchrashuvda bitiruvchilar yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini ta’kidlab o‘tishdi. Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari asosan ishga joylashish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish kabi masalalarda murojaat qilishdi. Tuman hokimi har bir murojaat yuzasida batafsil tushuncha va tavsiyalar berdi. Bundan tashqari, tashkilot rahbarlari ham berilgan savollarga atroflicha javob qaytarishdi.
Albatta, bu kabi tadbirlarning tashkil etilishi yoshlar o‘rtasidagi muammolarning o‘z vaqtida yechim topishiga imkoniyat yaratadi. Ishonamizki, bitiruvlar yangi hayotga qadam tashlab, o‘z imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadilar.