Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BAYRAM MUBORAK!

×

 2022-06-27 16:03:08    106

PDF yuklash
Chop etish

JURNALIST - JAMIYaT TAQDIRIGA DAXLDOR INSON

Bugun yurtimizda ommaviy axborot vositalariga e’tibor har qachongidan ham o‘zgacha. Endilikda davlat idoralari OAV vakillari uchun yopiq emas. Aksincha, ular bilan hamkorlik qilishga intilmoqdalar. Sababi, ommaviy axborot vositalarining jamiyat rivojida muhim ahamiyatga ega ekanligi vaqt sinovidan o‘tgan haqiqatdir!

27 iyun – matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Qo‘shtepa tumani hokimligida tadbir tashkil etildi. Unda tumanimizda faoliyat ko‘rsatayotgan jurnalistlar va soha faxriylari qatnashdi.

Tuman hokimi Ilyosbek Novikov soha vakillarini kasb bayrami bilan qutlarkan,  – Avvalambor, tumanimizda faoliyat ko‘rsatayotgan siz jurnalistlar va soha faxriylarini 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklayman.

Ijod ahli, ayniqsa, jurnalistlar ro‘y berayotgan voqelikka teran ko‘z bilan boqib, uni o‘z hayoti va turmushi bilan chambarchas tasavvur etib fikrlaydigan jonkuyar insonlar, qalbi qaynoq kishilardir.

Yaratuvchanlik va farovonlikni har qadamda ta’min etish uchun zarur bo‘lgan davlat boshqaruvi hamda xalq o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni aynan mana shu kasb egalaridagi jonkuyarlik va fidoyilik timsolida ko‘ramiz desam, ayni haqiqatni aytgan bo‘laman – dedi. 

Shuningdek, tuman hokimi va sektor rahbarlari mamlakatimiz hayotida katta o‘zgarishlar kechayotganini, ularning mazmun-mohiyatini xalqqa, keng jamoatchilikka to‘g‘ri, xolis yetkazishda jurnalistlarning o‘rni kattaligini ham ta’kidlab o‘tishdi. 

Tadbirda so‘z olgan soha xodimlari ham o‘zlariga ko‘rsatilgan hurmat va e’tibor uchun cheksiz minnatdorchiliklarini bildirishdi.

O’zaro muloqot ruhida kechgan uchrashuvda soha faxriylari, faol jurnalistlar tuman hokimining tashakkurnomalari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram