Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

27 IYUN — MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN TUMAN HOKIMINING BAYRAM TABRIGI

×

 2022-06-27 08:47:43    80

PDF yuklash
Chop etish



Hurmatli matbuotimiz fidoyilari!

Avvalambor, Siz aziz jurnalistlarni, matbaa va nashriyot, televideniye, radio sohasining jonkuyar ijodkorlarini, xususan, tumanimizdagi barcha soha xodimlarini, faxriylarni 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklayman.

Ijod ahli, ayniqsa, jurnalistlar ro‘y berayotgan voqelikka teran ko‘z bilan boqib, uni o‘z hayoti va turmushi bilan chambarchas tasavvur etib fikrlaydigan jonkuyar insonlar, qalbi qaynoq kishilardir.

Yaratuvchanlik va farovonlikni har qadamda ta’min etish uchun zarur bo‘lgan davlat boshqaruvi hamda xalq o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni aynan mana shu kasb egalaridagi jonkuyarlik va fidoyilik timsolida ko‘ramiz desam, ayni haqiqatni aytgan bo‘laman.

Ijod va tafakkurning ta’sirchan muhitida shakllanib, elu xalqimizning manfaati, kelajagini ko‘zlab amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonini yoritishda muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Ommaviy axborot vositalari so‘zda emas, amalda “to‘rtinchi hokimiyat” darajasiga ko‘tarilishi zarur. Bu — zamon talabi, islohotlarimiz talabi” degan fikrlariga monand faoliyat yuritmoqdasiz.

Har qanday kasb ezgulikka xizmat qilar ekan, shubhasiz, xalq nazarida ulug‘vor, jamiyat hayotida qadrlidir. Shu ma’noda, zimmangizdagi ulkan va zahmatli mehnatni ulug‘lab, shu kasbdan qadr va sharaf topib yurganingiz Sizga Yaratganning inoyatidir.

Siz azizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor qutlar ekanman, kasbingizdan doimo baraka topib yuring, el nazaridan qolmang, deyman. Oilangizdan farovonlik, dasturxoningizdan to‘kin-sochinlik arimasin.

Barchangizga Vatanimiz ravnaqini, farzandlar kamolini ko‘rib yashash nasib etsin.

Qo‘shtepa tumani hokimi                   I.Novikov


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram