Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“HOKIM VA BITIRUVCHILAR UCHRASHUVI” BO‘LIB O‘TDI

×

 2022-06-24 17:18:00    83

PDF yuklash
Chop etish



Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida joriy yilning 15 iyun kuni aholini kasb-hunarga o‘qitish va monomarkazlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida o‘tkazilgan vidioselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘shtepa tumanida “Hokim va bitiruvchilar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari Akmaljon Yusupov, tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Zoirjon Tojiboyev, Yoshlar agentligi tuman bo‘linmasi rahbari Abulqosim Abdumalikov, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbari Muxamadali Eminov hamda tegishli idoralarning rahbarlari, shuningdek, maktab, kollej va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ishtirok etishdi.



Uchrashuvda so‘z olgan tuman hokimi Ilyosbek Novikov yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida gapirib o‘tdi. O’z navbatida bitiruvchilar ham tumanimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini ta’kidlab o‘tishdi. Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari tuman hokimiga asosan ishga joylashish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish kabi masalalarda murojaat qilishdi. 




Tadbir davomida tuman rahbari tomonidan har bir murojaat yuzasidan batafsil tushuncha va tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, tashkilot rahbarlari ham berilgan savollarga atroflicha javob qaytarishdi.

Albatta, bu kabi tadbirlarning tashkil etilishi yoshlar o‘rtasidagi muammolarning o‘z vaqtida yechim topishiga imkoniyat yaratadi. Ishonamizki, bitiruvchilar yangi hayotga qadam tashlab, o‘z imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram