Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 146 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“HECH KIM MEHR VA E’TIBORDAN CHETDA QOLMAYDI!” SHIORI OSTIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI

×

 2022-06-23 16:54:38    160

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanida “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Ushbu loyihani tashkil etishdan asosiy maqsad “Yoshlar kuni”ni munosib kutib olish,  ijodkor, kitobxonlik yo‘nalishiga qiziquvchi nogironligi bor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning xonadonlariga quvonch ulashish edi.




Loyiha doirasida Qo‘shtepa tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Mo‘ydinova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi B.Mamadaliyev, tuman hokimligi Bolalarni himoya qilish sho‘basi bosh mutaxassisi I.Isaqovlar O’qchi mahallasida yashovchi O.Zokirov hamda Yangiariq mahallasida yashovchi A.Rustamovlarning xonadonlarida bo‘lib, ularning xolidan xabar oldilar. 30 iyun – Yoshlar kuni bilan ularni tabriklab, kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram