Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ONLINE
2022-06-21 11:39:55 202
FUQAROLAR QABULI – XALQ BILAN OChIQ MULOQOT
Xalq bilan ochiq muloqotni muntazam yo‘lga qo‘ygan Qo‘shtepa tumani hokimi I.Novikov haftaning seshanba kunlari tuman Xalq qabulxonasida o‘zining fuqarolar qabulini o‘tkazib kelmoqda.
Bugun bo‘lib o‘tayotgan navbatdagi qabulda hokim o‘rinbosarlari hamda tumandagi idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etishmoqda.
Qabul chog‘ida tuman hokimi tomonidan fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglanmoqda. Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechayotgan qabulda uy-joy, moddiy yordam, bank, bandlik, tadbirkorlik, elektr ta’minoti bilan bog‘liq va shu kabi boshqa masalalarga oid murojaatlar ko‘rib chiqilmoqda.
Qabul davomida barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, yechimi oson bo‘lgan murojaatlar joyida hal etilib, ayrim murojaatlarga huquqiy maslahat va tushunchalar berilmoqda. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olinmoqda.