Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JARAYON
2022-06-20 15:34:55 192
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi “O’zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘shtepa tumanidagi 15-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida o‘rta ta’lim maktabi direktorlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirni tuman hokimining Yoshlar siyosati, ijtiomiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Akmaljon Yusupov olib bordi.
Uchrashuvda o‘zining amaliy ko‘rsatmalari bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining Farg‘ona viloyati hududiy vakilligi boshlig‘i Azizaxon Rahmatova ham ishtirok etdi.