Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 101 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

#JARAYON

×

 2022-06-18 21:36:23    78

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanidagi “Qumtepa” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida Marg‘ilon tumanlararo iqtisodiy sudining raisi A.Akbarov ishtirokida ushbu mahallada “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, mahalla faollari, shuningdek, tumandagi fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirokida sayyor qabul va davra suhbati o‘tkazildi.

Sayyor qabulda Qo‘shtepa tumanidagi fermer xo‘jaligi rahbarlarining murojaatlari o‘rganildi.

Davra suhbatida davomida muntazam ravishda sudlar tomonidan targ‘ib qilib borilayotgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 apreldagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’RQ-762-sonli Qonuni mazmun-mohiyati, 2022 yil 25 yanvar kuni qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining "Yoshlar bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’RQ-747-sonli Qonuni mazmun-mohiyati, korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturining 34-bandi ijrosi hamda O’zbekiston Respublikasida chaqaloqlar va bolalar savdosi bilan bog‘liq jinoiy holatlarning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashish yo‘nalishi yuzasidan shahar sudining raisi A.Akbarov tomonidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, fermer xo‘jaligi rahbarlari tomonidan berilgan savollarga tegishli tartibda javoblar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram