Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 137 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAYYOR SUD MAJLISI VA DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI

×

 2022-06-17 10:34:32    175

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanidagi Davlat Soliq inspektsiyasi binosida Marg‘ilon tumanlararo iqtisodiy sudining raisi A.Akbarov ishtirokida o‘tkazilgan sayyor sud majlisida Qo‘shtepa tumani suv iste’molchilar uyushmasi tomonidan taqdim qilingan 13 ga yaqin iqtisodiy ishlar mazmunan ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, sayyor sud majlisiga kelgan fermer xo‘jaligi rahbarlari va Davlat Soliq inspektsiyasi xodimlari bilan birgalikda davra suhbati ham o‘tkazildi.

Davra suhbatida muntazam ravishda sudlar tomonidan targ‘ib qilib borilayotgan 2022 yil 25 yanvar kuni qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Yoshlar bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’RQ-747-sonli Qonuni mazmun-mohiyati, korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturining 34-bandi ijrosi hamda O’zbekiston Respublikasida chaqaloqlar va bolalar savdosi bilan bog‘liq jinoiy holatlarning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashish yo‘nalishi yuzasidan shahar sudining raisi A.Akbarov tomonidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, fermer xo‘jaligi rahbarlari tomonidan berilgan savollar va fikrlarga tegishli tartibda javoblar berildi. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram