Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

INSONPARVARLIK, MEHR-OQIBAT, SAXOVAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2022-06-16 09:54:57    75

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 may kungi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-258-sonli qaroriga asosan yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim fuqarolarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilmoqda. 

Qarorga ko‘ra, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining quyidagi qatlamlariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi belgilangan:

yoshga doir, nogironlik pensiyasi va nafaqasini oluvchilarga, bolalikdan nogironlik nafaqasini hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini va nafaqasini oluvchi har bir oila a’zosiga hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishlash nafaqasini oluvchilarga.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan sifatida moddiy yordam oluvchi oilalarga hamda kam ta’minlangan sifatida bolalar nafaqasini oluvchi oilalarning har bir 18 yoshga to‘lmagan bolasiga. Bir nechta toifa bo‘yicha bir martalik moddiy yordam olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga bir martalik moddiy yordam har bir toifa bo‘yicha to‘lab beriladi.

Insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat tadbirlarini izchil davom ettirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 may kungi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Qo‘shtepa tumanida 23344 nafar fuqarolarga 7 149 600 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam tayinlandi va AT Xalk banki tomonidan to‘lovlar amalga oshirildi.

Ushbu ezgu ishlarning barchasi, avvalo, xalqimizning farovonligi, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlashni ko‘zlab amalga oshirilmoqda. Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil davom etadi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram