Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MEHNAT YARMARKASIDA 60 NAFARDAN ZIYOD ISHSIZLAR ISHGA JOYLANDI

×

 2022-06-16 09:42:28    77

PDF yuklash
Chop etish



Aholi turmush tarzini yaxshilash, “Ayollar daftarida” turgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni kasbga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida mehnatga layoqatli, ishlash istagida bo‘lgan, ishsiz fuqarolarni, jumladan taqshi mehnat migratsiyasidan, jazoni ijro etish muassasasidan kelgan hamda ahloq tuzatish ishlariga jalb qilinganlarni bandligini ta’minlash maqsadida Qo‘shtepa tumani hokimligi, oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi binosida bo‘lib o‘tgan tadbirda tuman hokimi I.Novikov, tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Olimova hamda tegishli idoralarning rahbarlari ishtirok etishdi.  



Mazkur mehnat yarmarkasida tumandagi 33 ta tadbirkorlik sub’ektlari, hunarmandlar hamda korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlaridagi mavjud bo‘lgan 1100 ta bo‘sh (vakant) hamda kvota ish o‘rinlari, shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulotlaridan namunalar bilan qatnashdilar. Bundan tashqari mehnat migratsiyasiga taqdim etilgan ish o‘rinlari ham tavsiya etildi.

Yarmarkada 100 nafardan ziyod ishsiz fuqarolar hamda “Ayollar daftari”ga ro‘yxatga olingan ayollar, ishsiz va band bo‘lmagan mehnat migrantlari ishtirok etishdi.

Mehnat yarmarkasi davomida tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi mas’ul xodimlari tomonidan 62 nafar fuqarolarga iqtisodiyotning turli sohalariga ishga joylashtirish uchun yo‘llanmalar berildi.




Bundan tashqari ishsiz fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun tuman tijorat banklari tomonidan 4 nafar fuqarolarga kredit mablag‘lari ajratilib, ularga sertifikatlar topshirldi. Qolgan fuqarolarga kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatlari, jamoat ishlariga qatnashish ishlari to‘g‘risida ma’lumotlar, me’yoriy xujjatlar bo‘yicha tushuntirish hamda huquqiy maslahatlar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram