Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ARZONLASHTIRILGAN OZIQ-OVQATLAR SAVDO YARMARKASI TASHKIL ETILDI
2022-06-15 13:23:43 185
Qo‘shtepa tumanida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash chora-tadbirlari yuzasidan manzilli ishlar olib borilayapti.
Xususan, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini barqarorligini ta’minlash maqsadida Qo‘shtepa tumanidagi “Dehqon bozori”da sektor rahbarlari, tuman DSI va “Dehqon bozori” MChJ tomonidan aholi uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqatlar savdo yarmarkasi tashkil etildi.
Bunda aholi uchun eng zarur bo‘lgan go‘sht, un, tuxum, shakar, yog‘ kabi mahsulotlar muntazam sotilmoqda. Shu o‘rinda bu mahsulotlarni narxlarini nazorot qilish, narxlarning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik va albatta aholi fikrlari bilan yaqindan tanishish maqsadida soliq xodimlari ishchi guruh hamkorligida bozorlarda kunlik nazorat o‘rnatilgan.
Bugungi kunda “Dehqon bozori” MChJda tashkil etilgan yarmarkada mol go‘shti 60 ming so‘mdan, shakar 12 ming so‘mdan, kartoshka 3 ming so‘mdan, piyoz 2 ming so‘mdan 3 ming so‘mgacha, sabzi 2,5 ming so‘mdan, o‘simlik yog‘i 19 ming so‘mdan 20 ming so‘mgacha, guruch 5,5 ming so‘mdan tortib, 12 ming so‘mdan oshmagan narxlarda sotilmoqda.