Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 98 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OILA QO‘RG‘ONI DARZ KETMASIN

×

 2022-06-13 15:11:45    190

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanida “Oila ma’naviyat beshigi”mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. 



Qo‘shtepa tumani hokimligi, tuman targ‘ibot guruhi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida mahallalardagi otinoyilar, shuningdek, targ‘ibot guruhi a’zolari uchun “Oila ma’naviyat beshigi” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.






Barchamizga ma’lumki, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlar o‘zining samarasini bermoqda. Ya’ni joylarda kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ajrimlarni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, xotin-qizlar, yoshlarning bandligini ta’minlashga qaratilgan harakatlar davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bugun bo‘lib o‘tgan tadbirda ham aynan oilalarni mustahkamlash, yoshlarni hayotga to‘g‘ri tayyorlash, ajrimlarning oldini olishda mahallalardagi targ‘ibot guruhi a’zolari va otinoyilarning zimmasidagi vazifalar xususida so‘z yuritildi.






Amaliy seminarda viloyat bosh otinoyisi Xilolaxon Komilova, viloyat targ‘ibot guruhi rahbari Diloromxon G’ofurova, viloyat xotin-qizlar jamoatchilik kengashi vakili Xadichaxon Karimova, tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi rahbari Zoxidjon Komilov, tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga rioya etishni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muhabbatxon Mo‘ydinova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Dostonbek G’aniyev, tuman IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori Dildoraxon Vaxabova, tuman targ‘ibot guruhi rahbari Davlatxon Yusupova, tuman bosh otinoyisi Muqaddamxon O’rmonova, shuningdek, tuman Adliya bo‘limining mas’ul xodimi Iqboljon Zokirov hamda tuman bosh imom xatibi noibi Azimjon Orifjonovlar ishtirok etishdi. 



Bir piyola choy ustida tashkil etilgan tadbir ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyalanuvchilari tomonidan ijro etilgan she’r va raqslar barchaga a’lo kayfiyat ulashdi.

Oilaviy ajrimlarning asosiy sababi nimada, oiladagi zo‘ravonlikning sababchisi kim? Qanday qilsa oilaviy ajrimlarning oldi olinadi? Amaliy seminarda mutaxassilar tomonidan yuqoridagi savollarga misollar bilan javob berildi.    

Darhaqiqat, oilaviy nizolar kecha paydo bo‘lgan muammo emas. Er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchilik va nikohning bekor qilinishi azaldan mavjud bo‘lgan. Ammo so‘nggi yillarda ajrimlar sonining keskin ortib borayotgani insoniyatni chuqurroq mushohada yuritishga undaydi. Bunga butun jamiyat tomonidan katta talofotdek qaralishi, oldini olish choralarini ko‘rishga shoshilmoqlik lozimdir.






Tadbir so‘ngida mahallalarning barcha otinoyilariga va targ‘ibot guruhi a’zolariga tuman hokimli va xomiylarning esdalik sovg‘alari berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram