Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

#JARAYON

×

 2022-06-11 16:07:25    103

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasi oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tuman bo‘limining Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi, Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi hamda Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.



Unda Qo‘shtepa tumani hokimi Ilyosbek Novikov, Republika Oila va xotin-kizlar davlat ko‘mitasidan Muqaddasxon Rasulova, Farg‘ona viloyati “Qalb nuri” NNT rahbari Damiraxon To‘xtasinova, shuningdek, tuman hokimi o‘rinbosari Dilzodaxon Olimova, hamkor tashkilot rahbarlari hamda mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi.

Markazlar xotin-qizlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha ish olib borishi tantanada alohida ta’kidlandi.




An’anaga muvofiq ramziy lenta qirqilib, ishtirokchilar markazlarda ishchi-xodimlar va fuqarolarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Shuningdek, hunarmand xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmalar ham ko‘zdan kechirildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram