Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

#INSON_QADRI_UCHUN

×

 2022-06-04 23:51:51    109

PDF yuklash
Chop etish



Elimiz ardog‘idagi san’atkorlar Qo‘shtepada

 “Yangi O’zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan navbatdagi ijodiy uchrashuvlar bugun Shahartepa va Borot mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘ldi.






Navbatdagi tadbirda O’zbekiston davlat drama teatri aktrisasi Muhabbat Abdullayeva, estrada xonandasi Umid Shahobov, estrada xonandasi Gulasal Abdullayeva, O’zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari ansambili xonandasi Boburjon Xudoyqulov, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon, Respublika ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibotchisi Obiddin Mahmudov hamda boshqa san’atkorlar ishtirok etishdi.









Bir necha kundirki, san’atkorlarimiz tumanimizda bo‘lishib, qo‘shtepaliklar uchun sidqidildan xizmat qilishdi. Shunisi, quvonarliki, elimiz ardog‘idagi san’at va ijod ahli chekka chekka mahallalarimizda ham bo‘lishib, har bir go‘shaga o‘zlarining qaynoq mehrlari bilan kirib bordilar. O’z navbatida qo‘shtepaliklar ham ular tumanimizning qay go‘shasiga borishmasin hurmat va ehtirom ila kutib olishdi.






Fayzli davralarda shoirlar she’r aytib, san’atkorlar qo‘shiq kuylashdi. Mehmondo‘z xalqimiz esa raqsga tushib, qo‘shiqlarga jo‘r bo‘lishdi. Bugungi tadbirlar ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.





Shuningdek, “Onalarga ehtirom” tadbirlari ham davom ettirilib, ushbu mahallalarda yashovchi nuroniy onaxonlarimiz, mehnat faxriylari hamda bemor ayollarimizga ehtirom ko‘rsatildi. Mehmonlarimiz o‘zlarining ona haqidagi she’r va qo‘shiqlari bilan onaxonlarimizning ko‘nglida taxt qurishdi. Onalar uchun jonli ijroda qo‘shiqlar kuylandi.

Sevinch ko‘z yoshlarini yashira olmagan onaxonlar, bugungi dorilomon kunimizga shukrona keltirib, yurtimizga tinchlik so‘rab duoga qo‘l ochdilar.



Vaqt oliy hakam deganlaridek, san’atkorlarimizning tumanimizga bo‘lgan tashrifiga ham bir hafta bo‘ldi. Oliyjanob va oliyhimmat mehmonlarimizning har biri tumandoshlarimizning xotirasida o‘zgacha taassurotlar bilan muhrlanib qoldi.

O’zbekiston davlat drama teatri aktrisasi Muhabbat Abdullayeva, estrada xonandalari Umid Shahobov, Gulasal Abdullayeva, O’zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari ansambili xonandasi Boburjon Xudoyqulov, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon, Respublika ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibotchisi Obiddin Mahmudov hamda boshqa san’atkorlarimizga barcha qo‘shtepaliklar nomidan cheksiz minnatdorchilik bildirib qolamiz va boshimiz yerga tekkuncha ta’zimdamiz.

Biz qo‘shtepaliklar sizlarni juda sevdik, sizlar bilan yana diydorlashguncha deb qolamiz.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram