Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

#INSON_QADRI_UCHUN

×

 2022-06-02 23:41:13    86

PDF yuklash
Chop etish



#Madaniyat_karvoni_Qo‘shtepada

Qo‘shtepaliklar uchun gala kontsert uyushtirildi (foto)

Bugun Qo‘shtepa ahli juda katta tadbirga mezbonlik qilib, poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlarni quchoq ochib kutib oldilar.

Qo‘shtepa tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabining o‘yingohi san’atga oshufta insonlar bilan limmo-lim to‘ldi. Tadbirda yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan san’at shaydolari jamul-jam bo‘lishdi.

Bu galgi “Yangi O’zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan navbatdagi ijodiy uchrashuvga juda ko‘plab el ardog‘idagi san’atkorlar tashrif buyurdilar. 






Tadbirni O’zbekiston Respublikasi prezident maslahatchisi o‘rinbosari shoir Nodir Jonuzoq va tuman hokimi Ilyosbek Novikovlar ochib berdilar. 
















Undan so‘ng sahnaga sanatkorlar birin-ketin chiqib kelishdi. Bugun qo‘shtepaliklar uchun san’atkorlarning eng sara qo‘shiqlari kuylandi va ularning shaniga chiroyli so‘zlar aytildi. Ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar Qo‘shtepaliklarga yuqori kayfiyat ulashdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram