Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
#INSON_QADRI_UCHUN
2022-06-02 16:44:36 238
Elimiz ardog‘idagi san’atkorlar Qo‘shtepada
“Yangi O’zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan navbatdagi ijodiy uchrashuvlar bugun “Do‘rmon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabining hovlisida bo‘lib o‘tdi.
Bugungi tadbirda O’zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova, O’zbekiston davlat drama teatri aktrisasi Muhabbat Abdullayeva, O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdulxay Karimov, estrada xonandasi Umid Shahobov, estrada xonandasi Gulasal Abdullayeva, O’zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari ansambili xonandasi Boburjon Xudoyqulov, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon, Respublika ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibotchisi Obiddin Mahmudov hamda boshqa ko‘plab san’atkorlar ishtirok etishdi.
Shuningdek, tadbirda tuman hokimi Ilyosbek Novikov ham qatnashdi.
San’atkorlarimiz tumanimizning qay go‘shasiga borishmasin xalq ularni hurmat va ehtirom ila kutib olmoqda.
Fayzli davralarda san’atkorlar she’r aytib, qo‘shiq kuylamoqdalar. Mehmondo‘z xalqimiz esa raqsga tushib, qo‘shiqlarga jo‘r bo‘lishmoqda. Bugungi tadbir ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
Respublika ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibotchisi Obiddin Mahmudov va boshqa san’atkorlarimiz o‘zlarining minnatdorchiligi sifatida ushbu tadbirlarni uyushqoqlik bilan o‘tishida yelib yugurayotgan bir guruh qo‘shtepaliklarga esdalik sovg‘alarini topshirdilar.
Shuningdek, “Onalarga ehtirom” tadbirlari ham davom ettirilib, Do‘rmon va Do‘stlik mahallasida yashovchi nuroniy onaxonlarimiz, mehnat faxriylariga ehtirom ko‘rsatildi. Mehmonlarimiz o‘zlarining ona haqidagi she’r va qo‘shiqlari bilan onaxonlarimizning ko‘nglida taxt qurishdi. Onalar uchun jonli ijroda qo‘shiqlar kuylandi.
Sevinch ko‘z yoshlarini yashira olmagan onaxonlar, bugungi dorilomon kunimizga shukrona keltirib, yurtimizga tinchlik so‘rab duoga qo‘l ochdilar.