Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

#INSON_QADRI_UCHUN

×

 2022-06-02 02:37:03    117

PDF yuklash
Chop etish



Elimiz ardog‘idagi san’atkorlar Qo‘shtepada



“Yangi O’zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan navbatdagi ijodiy uchrashuvlar “Vatan” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida hamda Qorajiyda mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bo‘lib o‘tdi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ushbu tadbirlarning barchasi ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilmoqda. Tadbirlar jarayonida Qo‘shtepa tumani hokimi Ilyosbek Novikov va sektor rahbarlari ham ishtirok etmoqdalar.






El suygan san’atkorlar O’zbekiston davlat drama teatri aktrisasi Muhabbat Abdullayeva, O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdulxay Karimov, badiiy so‘z ustasi Zokir Ochildiyev, estrada xonandasi Umid Shahobov, estrada xonandasi Gulasal Abdullayeva, O’zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari ansambili xonandasi Boburjon Xudoyqulov, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon, Respublika ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibotchisi Obiddin Mahmudov hamda “Komediya shou” jamoasi a’zolari allaqachon qo‘shtepaliklar ko‘nglidan joy olishdi.







Mana, uch kundirki xalqimizga beminnat xizmat qilayotgan san’atkorlarga qo‘shtepaliklarning hurmati juda cheksiz. San’atkorlarimiz tumanimizning qay go‘shasiga borishmasin xalq ularni hurmat va ehtirom ila kutib olmoqda.

Fayzli davralarda san’atkorlar she’r aytib, qo‘shiq kuylamoqdalar. Mehmondo‘z xalqimiz esa raqsga tushib, qo‘shiqlarga jo‘r bo‘lishmoqda.







Qo‘shtepaliklarning kayfiyatini ko‘tarib, ularni madaniy dam olishlariga o‘z xissalarini qo‘shayotgan barcha san’atkorlarimizga tumanimiz ahli nomidan minnatdorchilik bildirib qolamiz. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram