Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 131 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1 IYUN – XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI

×

 2022-06-01 01:20:58    114

PDF yuklash
Chop etish



Barchamizga ma’lumki, butun dunyo bo‘ylab, har yilning 1 iyun kuni “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” sifatida nishonlanadi. Ushbu bayram arafasida Qo‘shtepa tumani MTB tomonidan bog‘chalardagi bolalar uchun alohida bayram kechasi uyushtirildi.

Bayram munosabati bilan Qo‘shtepa tumani Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 25-31 may kunlari “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostidagi maxsus haftalik doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etildi.

Tadbirlar doirasida turli tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etilib, unda muassasa tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi va g‘oliblar aniqlandi. Shuningdek, 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Men dunyoni bilaman” shiori ostida chet-tillari festivali ham o‘tkazildi.





Haftalikning so‘ngida tumandagi 19-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan 200 nafarga yaqin kam ta’minlangan oila farzandlari va musobaqalarda g‘olib bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun bayram sayli tashkil etildi. Tadbir davomida bolalar bilan turli xalq o‘yinlari, sport musobaqalari, teatr tomoshalari tashkillandi. Shuningdek, bolalar uchun attraktsion o‘yinlar tashkillandi va maktabgacha ta’lim tashkilotlari oshpazlari ishtirokida “Moxir oshpaz” ko‘rik tanlovlari ham bo‘lib o‘tdi.




Tadbirda tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari ham ishtirok etishdi. Taman rahbari tadbirni ochib berdi va barcha bolajonlarni bayram bilan tabrikladi. Shundan so‘ng bayram saylida qatnashgan va sport musobaqalari g‘oliblari hamda kam ta’minlangan oila farzandlari uchun tashkil etilgan bayram sovg‘alari sektor rahbarlari tomonidan bolajonlarga ulashildi.







 “Mohir oshpaz” tanlovida 36-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti oshpazi faxrli 1-o‘rinni, 42-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti oshpazi faxrli 2-o‘rinni va 27-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti oshpazi faxrli 3-o‘rinni egalladilar. G’oliblar tuman maktabgacha ta’lim bo‘limining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.



Jajji qizaloqlar ishtirokida raqslarga boy tarzda o‘tgan bayram kechasi bolajonlarga bir olam quvonch ulashdi. Xulosa qilib aytganda, “Bolalarni himoya qilish kuni” bayramining maqsadi bolalarning yuzida tabassumni ko‘rishga va ularga quvonch ulashishga qaratilgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram