Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 229 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-05-26 19:30:20    99

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun, “Dehqon bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, bozor hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoitlar, oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narx-navolarini barqarorligini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi. Tuman hokimi tomonidan aholiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolarini asossiz oshirish holatlarining oldini olish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.



Tuman rahbari 25-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Investitsiya” Dasturi asosida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Pudratchi tashkilot hamda mas’ul rahbarlarga muassasada olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli bajarilishi hamda belgilangan muddatda foydalanishga topshirilishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



13-umumta’lim maktabida bo‘lgan tuman hokimi maktab bitiruvchilarining yakuniy imtihon topshirish jarayonlari va bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga tayyorlash uchun tashkil etilgan fan to‘garaklari faoliyati bilan tanishdi. Tuman rahbari tomonidan bu yilgi bitiruvchilarni oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.



Ijtimoiy himoyaga muxtoj, qaramog‘ida nogiron farzandi bor xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman hokimi hamda mas’ul rahbarlar ishtirokida “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratilgan naqd pul ko‘rinishidagi moddiy yordam mablag‘lari belgilangan tartibda yetkazib berildi.

Tumanda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Oqtepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida yangi tik quduq o‘rnatilib bugungi kunda aholi xonadonlariga tarmoq tortish ishlari olib borilmoqda. Tuman rahbari hududda olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, mas’ul rahbarlarga tarmoq tortish ishlarini qisqa muddatlarda sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.



Tuman rahbari mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda tumanda pillachilik sohasini rivojlantirish hamda xonadonlarda ipak qurti boqish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, mas’ul rahbarlarga 2022 yil hosili uchun yetishtirilgan pilla hosilini nes-nobud qilmay yig‘ishtirib olish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, tumanda 2022 yil hosili uchun ekilgan g‘alla va paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarning bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram