Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 218 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-05-24 21:24:02    97

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi xalq qabulxonasida o‘zining navbatdagi qabulini o‘tkazdi. Qabulda turli muammo va takliflar bilan kelgan 40 nafardan ziyod fuqarolar moddiy yordam ajratish, ish bilan ta’minlash, elektr va suv ta’minoti, bank, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik, kadastr va shu kabi muammolar bilan qatnashdilar. Tuman hokimi tomonidan qabul jarayonida har bir murojaatga alohida e’tibor berilib, ushbu murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan ma’sullarga muddatlar belgilangan holda tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman rahbari 12-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quv jarayonlari hamda qo‘shimcha fan to‘garaklari faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, tuman hokimi tomonidan ta’lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o‘quvchilarni qiziqishlariga asosan qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.



Shuningdek, sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ishtirokida Qayrag‘och mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 2022 yil 23 kuni O’zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 1-qismida belgilangan qastdan badanga og‘ir tan jaroxati yetkazish bilan bog‘liq sodir etilgan jinoyat muhokamasi o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha hamkor tashkilotlar bilan ishlarni yetarli darajada tashkil etilmaganligi natijasida ushbu jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘lganligi ta’kidlanib, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘yilishini oldini olish yuzasidan bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.



Tumanda ijtimoiy himoyaga muhtoj, qaramog‘ida nogiron farzandi bor xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman hokimi hamda mas’ul rahbarlar ishtirokida “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratilgan naqd pul ko‘rinishidagi moddiy yordam mablag‘lari belgilangan tartibda yetkazib berildi.



Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari J.Xatamov rahbarligida sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari hamda imom xatiblar ishtirokida tumanda ijtimoiy-ma’naviy muxitni sog‘lomlashtirish hamda noqonuniy diniy ta’limning oldini olish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Viloyat hokimining o‘rinbosari J.Xatamov tomonidan tumanda ijtimoiy-ma’naviy muxitni sog‘lomlashtirish hamda noqonuniy diniy ta’limni oldini olish bo‘yicha hamkor tashkilotlar ish samaradorligini oshirish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.



Shuningdek, J.Xatamov rahbarligida sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari xotin-qizlar faollari hamda otin oyilar ishtirokida tumanda ijtimoiy-ma’naviy muxitni sog‘lomlashtirish, noqonuniy diniy ta’lim, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarini hamda erta turmushni oldini olish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Viloyat hokimining o‘rinbosari J.Xatamov tomonidan tumanda ijtimoiy-ma’naviy muxitni sog‘lomlashtirish, noqonuniy diniy ta’lim, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni hamda erta turmushni oldini olish bo‘yicha hamkor tashkilotlar ish samaradorligini oshirish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.



Tumanda 2022 yil hosili uchun ekilgan g‘alla va paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarining bajarilishi hamda soya ekini ekish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman Ichki ishlar bo‘limida sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamda mas’ul rahbarlar ishtirokida “Tumandagi umumta’lim maktablarida “25-may so‘ngi qo‘ng‘iroq” bayramini o‘tkazishda jamoat tartibini saqlash” yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan bayram tadbiri o‘tkaziladigan joylarga biriktirilgan mas’ul xodimlarga jamoat tartibini saqlashni ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram