Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 206 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANI HOKIMI ISHTIROKIDA BRIFING O‘TKAZILDI

×

 2022-05-24 16:39:18    115

PDF yuklash
Chop etish



 

Bugun, 24 may kuni, Qo‘shtepa tumani hokimi Ilyosbek Novikov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda tuman hokimi “Qo‘shtepa tumanida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-20-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida dehqon xo‘jaligi tashkil etgan holda sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar” haqida ma’lumot berdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 noyabrdagi PQ-20-sonli “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘shtepa tumanida 345.9 gektar unumdor, aholi yashash joylariga yaqin bo‘lgan, sug‘orish tizimlari yaxshi unumdor yer maydonlari 3435 ta lotga ajratildi. Ajratilgan yer maydonlari mahallalarda “Temir dafat”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar dafatari”ga ro‘yxatga olinganlar, shuningdek, ishsizlar va chet davlatlarda migrant sifatida ishlab kelgan fuqarolar, ijtimoiy himoyaga muxtoj aholi qatlami bandligini ta’minlash maqsadida “E-AUKSION” ochiq elektron tanlov orqali dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun ajratib berildi. Shu orqali 3435 nafardan ziyod ishsiz aholining bandligi ta’minlandi. 




Dehqon xo‘jaliklariga ajratib berilgan yer maydonlaridan bugungi kunda aholining oziq-ovqatga bo‘lgan talabidan kelib chiqqan xolda 205 gektar qismiga kartoshka, 24.7 gektarga sabzavot, 67.2 gektarga poliz, 22.3 gektarga dukkakli, 16.3 gektarga moyli va 10 gektardan ortiq maydonlarga boshqa turdagi oziq-ovqat ekinlari ekilib parvarish qilib kelinmoqda.

Brifingda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-20-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida tumanda olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Bundan tashqari “Bir kontur bir mahsulot” shiori ostida ajratib berilgan yer maydonlarida ayni kunlarda olib borilayotgan ishlar va agrotexnik tadbirlar, shuningdek, tumanda tashkil etilgan 4 ta meva-sabzavotchilik klasterlari faoliyati hamda oldinda turgan dolzarb vazifalarga ham to‘xtalib o‘tildi. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram