Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 212 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN PRESS-TUR VA MATBUOT ANJUMANI O’TKAZILDI

×

 2022-05-24 16:35:58    178

PDF yuklash
Chop etish



Bugun, 24 may kuni Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan navbatdagi press-tur tashkil etildi. Unda viloyatimizdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari shuningdek, boshqarmalarning axborot xizmatlari rahbarlari hamda blogerlar qatnashdi.




Dastlab mehmonlar Qo‘shtepa tumanida tashkil etilgan zamonaviy intensiv bog‘ faoliyati bilan tanishdilar. Qo‘shtepa tumanida 2020 yil fevral oyida “Grapes and Gardens investment” aktsiyadorlik jamiyati tashkil qilinib, zamonaviy intensiv bog‘ yaratish maqsadida 160.2 gektar yer maydonlari ajratib berilgan.

Intensiv bog‘ barpo etilishi munosabati bilan 60 dan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratilib, hududdagi ishsiz aholi ish bilan ta’minlangan.

Bog‘da kolorado, mambo, tsunami, luna, rubista o‘rik navlari hamda sweet ariana, sweet lorens kabi gilos navlari ekilgan. 




Haqiqiy bog‘bon har bir niholni qadrlaydi, serhosil ko‘chatlar ekish va parvarishlashga alohida e’tibor qaratadi. Shu bois hozir bog‘dorchilikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan, intensiv bog‘lar barpo etish texnologiyasi rivojlanmoqda. Chet eldan keltirilib, ushbu intensiv boqqa ekilgan o‘rik va gilos ko‘chatlari iqlim sharoitimizga tez moslashdi. O’rik ko‘chatlari esa qisqa muttada hosil berdi.

Bog‘ tomchilatib sug‘oriladi. Bu jarayonda bir gektar uchun sarflanadigan obihayot miqdori 4-5 barobar, o‘simlikni rivojlantirish maqsadida beriladigan mahalliy va mineral o‘g‘itlar 2-3 barobar tejaladi. Daraxtlar zarur ozuqa qo‘shib oziqlantirilayotgani tufayli mehnat sarfi ham ilgarigiga qaraganda ancha kamaygan. Bu esa har qarich yerdan unumli foydalanib, mo‘l hosil yetishtirish imkonini beradi.



Tadbir ishtirokchilari press-tur zamonaviy intensiv bog‘ faoliyati bilan yaqindan tanishdilar va o‘zaro fikr almashdilar. 




Shuningdek, press-turdan so‘ng jurnalist va blogerlar uchun Qo‘shtepa tumani hokimligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar” mavzusida matbuot anjumani ham tashkil etildi.

Ishtirokchilar matbuot anjumanida Qo‘shtepa tumani hokimi Ilyosbek Novikov bilan yuzma-yuz muloqot olib bordilar. Tadbir davomida qatnashchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar olishdi. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram