Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 197 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPALIK 22 NAFAR ENG FAOL HOKIM YORDAMCHILARI TAQDIRLANDI

×

 2022-05-24 06:26:09    103

PDF yuklash
Chop etish



Avval xabar berilganidek, Farg‘ona shahridagi Tadbirkorlar uyida viloyatimiz shahar va tumanlarida faoliyat olib borayotgan eng faol hokim yordamchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Avazbek O’rinboyev, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Abrorjon Rahmonov ishtirok etdi.

Joriy yilning birinchi chorak yakuni bo‘yicha viloyatimizdagi 1062 mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi hokim yordamchilarining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) “Onlayn mahalla” platformasi orqali avtomatik ravishda 0 dan 100 ballgacha tizim bo‘yicha baholangani ta’kidlandi.

Shundan kelib chiqib, viloyatimizda eng yaxshi natija ko‘rsatgan Bag‘dod tumani “Chekxitoy” MFYdagi hokim yordamchisi Nurmatjon G’oziyevga Prezidentimiz tomonidan ajratilgan sovg‘a MacBook Pro noutbuki tantanali topshirildi. Ijobiy natijaga erishgan 342 nafar hokim yordamchilari esa Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.



Tadbirda joriy yilning 1-choragida yaxshi natijalarga erishgan Qo‘shtepa tumanidagi 22 nafar hokim yordamchilariga ham Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining tashakkurnomalari topshirildi.

Bu kabi rag‘batlantirish va e’tibor hokim yordamchilarining ish faoliyatini yanada samarali tashkil etishga alohida xizmat qiladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram