Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZARO HAMKORLIK KELAJAKDA O‘Z SAMARASINI BERADI

×

 2022-05-20 18:46:44    63

PDF yuklash
Chop etish



Mamlakatimizda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, odil sudlovni va sud tizimiga oid islohotlarni amalga oshirish sud idoralarining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Shuningdek, mazkur vazifani amalga oshirishda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qatorida viloyat va tuman hokimlarining oila va xotin- qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari ham muhim rol o‘ynaydi.

Farg‘ona viloyat sudining fuqarolik sudlov hay’ati raisi hamda Farg‘ona viloyat hokimining oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan 2022 yil 1 fevralda tasdiqlangan memorondumning hududlardagi ijrosini ta’minlash hamda oilaviy ajrimlarni oldini olish maqsadida 2022 yil 18 may kuni Qo‘shtepa tumanida oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Tadbirda Farg‘ona viloyat sudi raisi o‘rinbosari O.Xasanov, fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudi raisi S.Akbarov oilaviy ajrimlarni oldini olish, nizoli oilalar o‘rtasida tushuntirish ishlarini amalga oshirishda birinchi navbatda mahalla fuqarolar yig‘ini raislarining oila va xotin-qizlar bo‘yicha maslahatchilarning roli juda muhim ekanligini takidlab, oilaviy nizolarning oldini olish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan choralar hamda oilaviy nizolarning o‘ziga xos huquqiy tomonlarini va hozirda dolzarb masalalardan biri bo‘lgan korruptsiya masalasiga e’tibor qaratib, korruptsiyaning salbiy oqibatlariga to‘xtalib o‘tdilar.




Seminar mashg‘ulotlari savol javoblarga boy bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘ini raislarining oila va xotin-qizlar bo‘yicha maslahatchilari o‘z amaliyotida duch keladigan muammoli holatlar yuzasidan savollar berishdi. Farg‘ona viloyat sudi raisi o‘rinbosari O.Xasanov mavzu yuzasidan berilgan savollar bo‘yicha asoslantirilgan javoblar berdi.

Seminar yakunida “Chaqaloq va odam savdosi”, “Uy-joy nizolari”, “Nikoh va oila konstitutsiya va qonunlarimiz himoyasida” mavzusidagi bukletlar va boshqa tarqatma materillari tarqatildi.

Kelgusida oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan sudlar o‘rtasida bu kabi tadbirlarni doimiy o‘tkazish belgilab olindi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram