Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2022-05-20 17:47:20    64

PDF yuklash
Chop etish



Ijtimoiy tarmoqlar orqali “50 yilga ijaraga berilgan yer. Uning taqsimoti qonuniy bo‘ldimi?” sarlavhali tanqidiy murojaat e’lon qilingan edi.

Baland masjid mahalla fuqarolar yig‘inidan yo‘llangan ushbu murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Murojaat tuman hokimligi va shu sohaga daxldor mutaxassislar tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunining tegishli moddalariga asosan bir necha bor o‘rganib chiqilgan.

 Murojaatda bayon etilgan yer maydoni Sarmozor Eshonguzar massivi qishloq xo‘jaligi xaritasining 191-konturida joylashgan. Fuqaro R.Tursunov 2006 yilda kim-oshdi savdosi orqali 1.0 gektar bog‘ maydonini sotib olib, ushbu yer maydonida “Tursunovlar sahovati bog‘i” nomli fermer xo‘jaligini tashkil etib, foydalanib kelgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 6 oktyabrdagi F-3077-sonli, viloyat hokimining 2008 yil 24 oktyabrdagi 150-F-sonli va tuman hokimining 2008 yil 28 oktyabrdagi 71-F-sonli “Fermer xo‘jaliklari faoliyatini yuritishda yer uchastkalari miqdorini optimallashtirish choralarini ko‘rish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha komissiya tashkil etish haqida”gi farmoyishiga asoslanib, “Tursunovlar sahovati bog‘i” nomli fermer xo‘jaligi rahbari R.Tursunovning arizasiga asosan tuman hokimining 12.11.2008 yil kungi 1330-sonli qarori bilan unga tegishli yer maydoni tuman zahirasiga qaytarib olingan. Shuningdek, ushbu yer maydoni yonida joylashgan “Oxunov Tilavoldi bog‘i” nomli fermer xo‘jaligiga qarashli 1.0 gektar yer maydoni ham xo‘jalik rahbari T.Oxunovning arizasiga asosan tuman hokimining 12.11.2008 yil kungi 1329-sonli qaroriga bilan tuman zahirasiga qaytarib olingan.

Shu yili tuman zahirasida bo‘lgan 2.0 gektar yer maydoni “Yoqubjon Axmadjon xoji o‘g‘li” nomli fermer xo‘jaligi balansiga qo‘shilib, uning yer maydonlari 4.10 gektarni tashkil etgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 18 oktyabrdagi PF-3512-F-sonli, viloyat hokimining 2010 yil 22 oktyabrdagi 112-F-sonli va tuman hokimining 2010 yil 26 oktyabrdagi 60-F-sonli “Fermer xo‘jaliklari ixtiyoridagi yer uchastkalari hajmlari yanada maqbullashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishiga asoslanib, “Yoqubjon Axmadjon xoji o‘g‘li” nomli fermer xo‘jaligiga qarashli 4.10 gektar yer maydonlari tuman hokimining 11.29.2011 yil kungi 31-sonli qarori bilan “Abduvaliyev Mirzajon” nomli fermer xo‘jaligi balansiga qo‘shilib, uning yer maydonlari 32.59 gektarni tashkil etgan.

“Abduvaliyev Mirzajon” nomli fermer xo‘jaligi rahbari M.Abduvaliyevning Sarmozor Eshonguzar massivi qishloq xo‘jaligi xaritasining 191q-konturida joylashgan 2.0 gektar yer maydonini 1.50 gektar qismini tuman zahirasiga qaytarib berish to‘g‘risidagi arizasiga asoslanib, tuman hokimining 18.07.2015 yil kungi 577-sonli qarori bilan 1.50 gektar yer maydoni tuman zahirasiga olinib, ushbu yer maydonida 20 ta fuqarolarga namunaviy loyihalar asosida turar joylar qurish uchun ajratib berilgan va 2016 yilda uy joylar qurib bitkazilgan bo‘lib, xozirda ushbu uy-joylarda fuqarolar yashab kelmoqdalar.

O’rganish jarayonida ushbu yer maydonlarini 1.20 gektar qismida namunali uy-joylar qurilgan bo‘lib, 0.41 gektar qismi avtomobil yo‘li va obodonlashtirish uchun berilganligi, 0.12 gektar yer maydonida Balandmasjid mahalla fuqarolar yig‘ini Navro‘z ko‘chasi, 1-uyda yashovchi Q.Isoqovning tuman hokimi nomiga yozgan arizasi inobatga olinib, tuman hokimining 01.07.2016 yil kungi 632-sonli qarori bilan Sarmozor qishloq fuqarolar yig‘ini hududida mazilli dasturda belgilangan na’munaviy loyihalar asosida qurilishi tasdiqlangan uy-joy mavzesini bosh loyihasiga kiritilgan “Go‘zallik saloni”, sartaroshxona, hammom, modalar atelesi, va poyabzal ta’mirlash mayishiy xizmatlar ko‘rsatuvchi majmuasini qurishga ruxsat berilganligi aniqlandi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram