Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
E'LON
2022-05-16 16:28:14 703
Fuqarolar yig‘inlari raislarining vakolat muddati tugashi munosabati bilan Konstitutsiyamizning 105-moddasi hamda «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi va «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida»gi qonunlarning tegishli moddalariga muvofiq Qo‘shtepa tumanidagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari)ning navbatdagi saylovi joriy yil 16 maydan 30 maygacha bo‘lib o‘tadi.
Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi muhim demokratik jarayon bo‘lib, mazkur saylovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarimiz unda faol ishtirok etish orqali davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni bevosita mahallada amalga oshiruvchi shaxsni tanlash huquqiga ega bo‘ladilar.