Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 188 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPADA YANA BIR MADANIYAT MARKAZI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2022-05-14 19:35:12    121

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo‘shtepa tumani Istiqlol MFY hududida kapital ta’mirdan chiqarilgan Istiqlol madaniyat markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.







Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, tumandagi sektor rahbarlari, madaniyat sohasi xodimlari, shuningdek, mahalla nuroniylari hamda yoshlar ishtirok etdi.




Tadbirda “Inson qadri uchun” degan islohotlarda madaniyat sohasida ham bir qator ishlar amalga oshirilgani, yangi qarorlar, imkoniyatlar, sharoitlar qilib berilayotganligi qayd etildi. Bu koshona xalqimiz xursandchiligi, madaniy hordiq chiqarishi uchun xizmat qilishi, yoshlar uchun to‘garaklar, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, madaniy sohada qiziqqan yo‘nalishlari bo‘yicha bilim olishlari uchun sharoit qilish lozimligi ta’kidlandi. Faqat shaharlarda emas, balki qishloqlarda yashovchi aholi vakillarining madaniy hordiq chiqarishi, kontsert, teatr tomosha qilishlari uchun bu kabi inshootlar kerakligiga e’tibor qaratildi.

4,5 milliard so‘m mablag‘ sarf etilgan markaz Istiqlol MFYda yashovchi 3 ming 600 dan ziyod aholi bilan birgalikda tumandagi 14 ta mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun ham xizmat ko‘rsatadi.





Markazda 440 o‘rinli tomosha zali, raqs, musiqa, estrada yo‘nalishlarida 10 dan ortiq to‘garaklarga 200 dan ziyod yoshlar jalb etiladi. Keyinchalik bu yerda muzey ham tashkil qilish rejalashtirilgan.




Tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram